platina.uz
Jamiyat

Yaponiyadagi ayanchli toʻfon, MXX tarixi, BMT tarixidagi eng uzun nutq

Platina.uz 26 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Yaponiyadagi ayanchli toʻfon, MXX tarixi,  BMT tarixidagi eng uzun nutq

26 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Oʻzbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni. 1991 yil shu kuni Oʻzbekistonning birinchi prezidenti OʻzSSR KGBsini tugatish va MXXni tuzish toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekkan edi. 2018 yilda Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmatiga aylangach, bayram DXX kuni deb nomlandi va 5 aprel kuni nishonlana boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–715-son, 14.09.2021 y.) bilan 26 sentabr Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

Butunjahon kontratsepsiya kuni.

Yevropa Ittifoqi bayrogʻi Yevropa tillari kuni.

Xalqaro yadro qurolini butunlay yoʻq qilish kuni.

Voqealar.

1887 yil – Amerikalik ixtirochi Emil Berliper tovush (ovoz)ni eshittiruvchi moslama grammafon uchun patentlagan.

1950 yil – Indoneziya BMTga qabul qilindi.

1959 yil – Vera toʻfoni Yaponiyaga kelib, ikki millionlik Nagoya shahrini butunlay vayron qildi.

1960 yil – Fidel Kastro BMT tarixidagi eng uzun nutq soʻzladi - 4 soat 29 daqiqa.

1962 yil – Yaman Arab Respublikasi harbiy toʻntarish natijasida eʼlon qilindi.

1977 yil – Chernobil AES – Ukrainadagi birinchi atom elektr stansiyasidan ilk elektr energiyasi olina boshlandi.

1995 yil – Ukraina Yevropa Kengashiga qabul qilindi.

2000 yil – 20 ming davlat saytlarini birlashtirgan AQSh hukumatining yangi veb-sayti ochildi. U 27 million veb-sahifaga ega.

2003 yil – Vikipediya yaratilgani sabab Nupedia toʻxtatildi.

2014 yil – Toshkentdagi AQSh elchixonasi “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkillashtirgan Yettinchi yillik Amerika film festivali Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida boshlandi.

2016 yil – Kolumbiya hukumati va isyonchilar oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi bitim imzolandi. Kolumbiyadagi fuqarolar urushining haqiqiy tugashiga erishildi.

2019 yil – Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokholm konvensiyasi Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi. Hujjat 2001 yil 22 mayda Stokholm shahrida qabul qilingan. Maʼlumot uchun: 183 ta mamlakat ushbu Konvensiyaning ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu xalqaro shartnomaning maqsadi aholi salomatligi va atrof-muhitni Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar (TOIM) taʼsiridan himoya qilishdir.

Konvensiya qoidalariga muvofiq tomonlar TOIM ishlab chiqarish, import qilish, eksport qilish, koʻmish va ulardan foydalanishni nazorat qilishni, shuningdek, mavjud TOIMni almashtirish uchun qoʻllash mumkin boʻlgan eng yaxshi texnologiyalar va usullardan foydalanishga koʻmaklashish majburiyatini zimmalariga oladilar. Oʻzbekiston Respublikasining Konvensiyadagi ishtiroki TOIM bilan bogʻliq ekologik vaziyatni yaxshilash, aholi, atrof-muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga ehtimoliy salbiy oqibatlarini oldini olish imkonini beradi.

2019 yil – Turkiyaning Istanbul shahrida 5,9 balli zilzila sodir boʻlgan.

2021 yil – Olaf Shols boshchiligidagi Germaniyaning SDP mamlakatdagi parlament saylovlarida birinchi oʻrinni egalladi.

Britaniyalik Lyuis Xemilton tarixda 100 ta Formula 1 Gran-prisini qoʻlga kiritgan birinchi poygachi boʻldi.

2022 yil – Ijevsk 88-sonli maktabda otishma sodir boʻldi, 13 kishi, jumladan 7 bola halok boʻldi. Hujumchi oʻz joniga qasd qildi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Ijevskdagi maktabda sodir boʻlgan otishma oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Tavalludlar.

1954 yil – geografiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi Asqar Nigmatov;

1965 yil – ukrainalik tadbirkor, siyosat va davlat arbobi, Ukrainaning 5-prezidenti (2014-2019) Petro Poroshenko;

1993 yil – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Liga-2 ning „Persikab Bandung“ klubi yarim himoyachisi Axror Umarjonov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid