Toshkentda yana daraxtkushlik davom etyapti
Bu haqda 25 sentabr kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tuman boʻlimiga bir fuqaro xabar bergan.

Olmazor tumanidagi Velosport federatsiyasi hududidagi qurilish jarayonida bino old tomonida joylashgan 1 tup akatsiya daraxti ildiz qismi bilan yoʻq qilingan, 6 tup akatsiya daraxti tanasiga shikast yetkazilgan.
Bu haqda 25 sentabr kuni Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tuman boʻlimiga bir fuqaro xabar bergan. Aytilishicha, bu bilan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunning 37-moddalari talablari buzilgan.
Oqibatda tabiatga 6 million 600 ming soʻm miqdorida zarar keltirilgan, 6 tup daraxtga 7 million 920 ming soʻmlik shikast yetkazilgan.
Huquqbuzarlik uchun jami 14 million 520 ming soʻm undiriladigan boʻldi. Shuningdek, tana qismi shikastlangan 6 tup akatsiya daraxti taʼmirlanib, oʻsishda davom etishi taʼminlandi.
Avvalroq Lutfiy koʻchasida bir necha daraxtlar tomiri ataylab quritilib, soʻng kesib tashlangani haqida xabar berilgandi.