platina.uz
Sport

Qilichbozlar medalni naqd qildi, Oʻzbekiston hamon kuchli toʻrtlikda

Bugungi ilk medalni 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Qilichbozlar medalni naqd qildi, Oʻzbekiston hamon kuchli toʻrtlikda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida hozircha 4 oʻrinda bormoqda.

25 sentabr kuni taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza medalini taqdim qildi. Shulardan biri yakkalik bahslarida Madinabonu Mannopova hissasiga toʻgʻri kelsa, yana bir medal aralash jamoaviy dasturda qoʻlga kiritildi.

Zaynab Dayibekova Osiyo oʻyinlarining yarim finaliga yoʻl oldi. Qilichbozlikning sablya dasturida ishtirok etayotgan sportchimiz 1/8 finalda yaponiyalik Shihomi Fukushimani 15:12, chorak finalda esa xitoylik Xengyu Yangni 15:12 hisobida magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Eslatib oʻtamiz, yarim final ishtirokchilari oʻzlari uchun bronza medalini kafolatlab qoʻyishadi.

Bugungi ilk medalni 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha aralash jamoaviy dasturda ishtirok etgan Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova juftligi kumush medalni qoʻlga kiritdi. Saralashdan ikkinchi natija bilan oʻtgan merganlar oltin medal uchun kechgan bahsda xitoylik juftlikka imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Qoʻshnilarimizdan Tojikiston 10, Qozogʻiston 15 va Turkmaniston 21-oʻrinda bormoqda. Qirgʻiziston jamoasi hali medalga sazovor boʻlmadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid