platina.uz
Jamiyat

Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli masjidlar YuNESKO roʻyxatiga kirdi

Shahardagi eng katta masjidlardan biri boʻlgan Afyonkarahisar Ulu Jome masjidi 1272-1277 yillar orasida qurilgan.

Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli masjidlar YuNESKO roʻyxatiga kirdi

Qurilishlarida qoʻllaniladigan yogʻoch oʻymakorligi va hunarmandchilik bilan mashhur boʻlgan Oʻrta asr Onadoʻlisining yogʻoch gipostil masjidlari Turkiyadan YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga yangi qoʻshilgan Gordionning “izidan bordi”.

Masjidlar 2023 yil 10-25 sentabr kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtgan YuNESKO Jahon merosi qoʻmitasining 45-kengaytirilgan sessiyasida YuNESKO roʻyxatiga kiritildi. Yogʻoch masjidlarning roʻyxatga kiritilishi bilan Turkiyaning Jahon merosi obʼektlari soni 21 taga koʻtarildi.

Onadoʻlidagi yogʻoch gipostil masjidlarining eng yaxshi namunalari sifatida ajralib turadigan tarixiy masjidlar, Turkiyaning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan ilk qator madaniy maskanlari boʻldi. Ushbu mulklar turkumi Onadoʻlida 13-asr oxiri, 14-asr oʻrtalarida qurilgan beshta "Hypostyle" masjidlaridan iborat boʻlib, ularning har biri Turkiyaning turli viloyatida joylashgan. YuNESKO roʻyxatidagi masjidlar orasida Koniyadagi Beyshehir Eshrefogʻlu masjidi, Eskishehirdagi Sivrihisar Ulu masjidi, Kastamonudagi Koshukoʻy Mahmut Bey masjidi, Anqaradagi Ahi Sherefeddin masjidi, shuningdek, Arslanhane va Afyonkarahisar Ulu masjidlari oʻrin olgan.

Tamoman farqli hududlarda joylashuviga qaramay, bu masjidlar umumiy texnik xususiyatlarni namoyish etadi. YuNESKO maʼlumotlariga koʻra, masjidlarning oʻziga xos meʼmoriy dizayni, tom va shiftini tirgab koʻtarib turadigan, tekis tizilgan yogʻoch ustunlar («gipostil») va tashqi bino fasadini oʻz ichiga oladi. Ular oʻzining murakkab yogʻoch oʻymakorligi va hunarmandchiligi bilan ham ajralib turadi. Oʻrta asrlardan hozirgi kungacha qoniqarli saqlanib qolgan bu tarixiy binolarda Onadoʻli hayoti va madaniyati yorqin aks ettirilgan.

YuNESKO roʻyxatidagi haqiqiy masjidlar

Beyshehir Eshrefogʻlu masjidi Onadoʻlining yogʻoch ustun va toʻsinli masjidlari orasida eng yirigidir. 1296-1299 yillarda qurilgan masjid Saljuqiylar davridagi tosh va yogʻoch hunarmandchiligining fusunkorligini aks ettiradi. Unda koʻplab saljuqiy masjidlarida koʻrilgan barcha xususiyatlar mavjud: yogʻoch ustunlar, butunlay yogʻoch va "qalam ishi" naqshlari bilan bezatilgan shift va yogʻochdan yasalgan minbar.

Sivrihisar Ulu Jome Masjidi Onadoʻlidagi yogʻoch ustunli katta masjidning yana bir nodir namunasidir. 2500 kishi bir vaqtning oʻzida ibodat qila oladigan sakkiz asrlik Sivrihisar masjidining toʻrtta kirish eshigi va tomi 67 ta yogʻoch ustun bilan mustahkamlangan. Qoʻlda chizilgan naqshlar bu ustunlarning yuqori qismlarini bezaydi. Masjid geometrik va gulli naqshlar bilan bezatilgan yongʻoq daraxtidan yasalgan minbari bilan ham mashhur.

Saljuqiylar (Onadoʻli Saljuqiylar davlati) qulashi natijasida tashkil etilgan bekliklardan biri Chandar bekligi davrida 1366 yilda qurilgan Shehirkoʻy Mahmud Bey masjidi Onadoʻlidagi yogʻoch masjidlar orasida alohida oʻrin egallaydi. U bironta mixsiz qurilgani va oʻziga xos yogʻochli tuzilishi bilan ajralib turadi. Sanʼat durdonasi hisoblangan masjid eshigi hozir Kastamonu etnografiya muzeyida saqlanmoqda.

Arslanhane nomi bilan ham tanilgan Ahi Sherefeddin masjidi, tashqaridan juda oddiy koʻrinishiga qaramay, sakkiz asrlik tarixga ega muhim asardir. 13-asr boshlarida qurilgan masjid, maqbara majmuasi devoriga qadimiy sher haykali oʻrnatilgani sababli turkchada "Arslonxona" degan nomni olgan.

Shahardagi eng katta masjidlardan biri boʻlgan Afyonkarahisar Ulu Jome masjidi 1272-1277 yillar orasida qurilgan. Masjid sirlangan koshin, yogʻoch va gʻishtli meʼmorchiligi bilan Saljuqiylar davrining noyob namunalaridan biridir. Uning yogʻochdan yasalgan tomi, qoʻli gul ustalar tomonidan 40 ta yogʻoch ustunlar bilan taʼminlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid