Adliya va DXM binolari uchun 20 mlrd.dan ortiq pul ajratiladi
Bu haqda Adliya vazirining buyruqlari eʼlon qilindi.

Jizzax viloyati adliya boshqarmasi binosini rekonstruksiya qilish, Guliston shahar va tuman davlat xizmatlari markazi binolarini qurish uchun jami 20 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻ ajratiladi.
Adliya vaziri buyrugʻi bilan adliya organlari va muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Jizzaxdagi bino uchun 11,3 milliard soʻm, Guliston shahridagi DXM binosiga 6,5 mlrd., tumanidagi DXM binosi qurishga esa 2,8 mlrd. soʻm pul sarflanadi.
Maʼlumot uchun, e-qaror tizimida vazirlik va idoralarning qabul qilgan hujjatlari koʻrinish bera boshladi. Prezident farmoniga muvofiq, 2023 yil sentabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlarida qabul qilingan barcha turdagi buyruq, qaror va farmoyishlar E-qaror elektron tizimi orqali eʼlon qilib borilishi kerak edi.