platina.uz
Madaniyat

"Piramida" seriali bugundan boshlanadi

Kriminal, detektiv janrda olingan oʻzbek milliy seriali uch fasldan iborat.

"Piramida" seriali bugundan boshlanadi

“Mening yurtim” telekanali tomonidan suratga olingan va real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali bugun, 25 sentabrdan ushbu telekanalda soat 21:30 da namoyish etiladi.

“Piramida” — kriminal, detektiv janrda olingan oʻzbek milliy seriali boʻlib, uch fasldan iborat. Birinchi fasl 21 ta qism, har bir qism 45 daqiqani oʻz ichiga oladi.

Serialda moliyaviy firibgarlikning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Voqealar oson pul topish yoʻlini tanlagan Abbos va uning sheriklari atrofida kechadi. Ular tuzgan moliyaviy piramida minglab odamlarning ishonchiga kirib, oʻz domiga tortadi.

Serialda mansabdor shaxslarning korrupsiyaga yoʻl qoʻyayotganlari ham tilga olinadi. Umuman olganda serial orqali aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ogohlikka chorlash gʻoyasi yotadi. Firibgarlarning yolgʻonlariga ishonib, tez va oson moʻmay daromad topish ketish yoʻllariga uchmasdan, balki halol mehnat qilish orqali oʻz davlatini ziyoda qilish yoʻllari koʻrsatib beriladi.

Ssenariy muallifi — Islom Hamro, rejissyor Zuhriddin Rustamov, prodyuser Umid Soatov.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid