Parlament saylovlariga tayyorgarlik boshlanyapti
Qonunchilik palatasi va Senatning oʻzini oʻzi tarqatib yuborishi mumkin boʻladi.

Parlamentga «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi kiritildi, shu tariqa boʻlajak saylovlarga tayyorgarlik boshlandi.
Jumladan, Qonunchilik palatasi va Senatning oʻzini oʻzi tarqatib yuborish vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida oʻtkaziladi, Senatning yangi tarkibi esa, 1 oy mobaynida shakllantiriladi.
Shuningdek, qator oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda, jumladan:
— Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tugatish taklif etilmoqda.
Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda. Bunda:
— Spikerning oʻrinbosarlari fraksiya aʼzosi boʻlishi mumkin emasligi hamda lavozimda boʻlish davrida siyosiy partiyadagi aʼzolikni toʻxtatib turishi belgilanmoqda;
— fraksiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra Spiker oʻrinbosariga tenglashtirilmoqda.