platina.uz
Sport

Oʻzbek sportchilari yana oltin va bronza medallarga ega chiqdi

Dzyudochi Murodjon Yoʻldoshev esa yaponiyalik raqibini yengib, bugun uchun uchinchi, umumiy hisobda esa toʻrtinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. 

Oʻzbek sportchilari yana oltin va bronza medallarga ega chiqdi

Xitoyda oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston vakillar navbatdagi medallarni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, taekvondochi Madinabonu Mannopova ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining medaliga sazovor boʻldi.

-49 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz yarim finalda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni, tailandlik Panipak Vongpattanakitga kichik hisoblarda imkoniyatni boy berdi va bronza medali bilan taqdirlandi.

Dzyudochi Murodjon Yoʻldoshev esa yaponiyalik raqibini yengib, bugun uchun uchinchi, umumiy hisobda esa toʻrtinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aralash jamoavoy dasturda bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib borgan sportchilarimiz 47:48 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Ushbu natija orqali taekvondochilarimiz bronza medaliga sazovor boʻldilar. Terma jamoa tarkibi: Shuhrat Salayev, Jasur Jaysunov, Ozoda Sobirjonova, Svetlana Osipova.

Timur Kapadze boshchiligidagi futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi. “C” guruhida Gonkong bilan oʻzaro oʻyinlarda maydonga tushgan yigitlar har ikki uchrashuvni gʻalaba bilan yakunlab, pley-off bosqichiga yoʻl oldi. Bugungi oʻyin 2:1 hisobida hamyurtlarimizning foydasiga hal boʻldi.

Gulnoza Matniyazova -70 kg vazn toifasida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Xitoy Taypeyi vakili Yu Jung Liaoga qarshi kurashgan sportchi ishonchli harakatlari bilan ikkinchi bor Osiyo oʻyinlarining bronza medaliga sazovor boʻldi

Oʻzbekistonning avvalgi natijalarida haqida ushbu havolada oʻqishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid