DXXning tashkil etilishi, qirgʻiz-tojik kelishuvi
Platina.uz 24 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

25 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro dengiz kuni. Asosan ushbu bayram dunyo dengizini ifloslantirmaslik ayniqsa neftdan asrashga undaydi.
Voqealar.
1493 yil – Xristofer Kolumb Amerikaga ikkinchi sayohatini boshladi.
1789 yil – AQSh Kongressi Konstitutsiyaga hozirda Huquqlar Bill deb nomlanuvchi 12 ta tuzatish taklif qildi.
1818 yil – ingliz shifokori Jeyms Blundell dunyodagi birinchi qonni odamdan odamga oʻtkazdi.
1912 yil – birinchi Bolqon urushining boshlanishi. Chernogoriya Turkiyaga urush eʼlon qildi.
1926 yil – Genri Ford 8 soatlik 5 kunlik ish haftasini eʼlon qildi.
1935 yil – SSSRda non narxi pasaytirildi, goʻsht, baliq va shakar kartalari bekor qilindi.
1939 yil – Germaniyada non va un savdosiga cheklovlar joriy etildi.
1940 yil – amerikalik kod buzuvchilar Yaponiya harbiy kodlarini “sindirishdi”.
1962 yil – Fidel Kastro SSSR Kubada baliq ovlash floti uchun baza yaratish niyatida ekanligini eʼlon qildi.
1969 yil – Marokko poytaxti Rabotda Islom hamkorlik tashkiloti tuzildi.
1977 yil – Chikagodagi birinchi marafonda 4200 ga yaqin yuguruvchi qatnashdi
1988 yil – Seuldagi Olimpiya oʻyinlarida sovet suzuvchisi Vladimir Salnikov 1500 metrga erkin suzishda oltin medalni qoʻlga kiritdi va 4 karra Olimpiya chempioni boʻldi.
1989 yil – Litva Oliy Kengashi respublikaning 1940 yilda SSSR tarkibiga qoʻshilishini noqonuniy deb eʼlon qildi.
1995 yil – Isroil Bosh vaziri Yitzhak Rabin va POT (Palastin ozodlik tashkiloti) raisi Yosir Arafat Vashingtonda Gʻarbiy Sohilda Falastin muxtoriyatini yaratish boʻyicha keng qamrovli kelishuvni imzoladilar.
1997 yil – Toshkentdagi “Foton” aksiyadorlik birlashmasida “SONY” rangli televizorlari ishlab chiqarila boshlangan.
1999 yil – Boris Yelsin Federal Soliq politsiyasi xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi va uning shtat darajasini belgiladi.
2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik xizmati tashkil etilgan.
2020 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilingan.
2022 yil – Shveysariyaning Bazel universiteti yetakchi professorlari va mutaxassislaridan iborat guruh saratonning samarali davosini topish maqsadida tadqiqot oʻtkazdi.
- Qozogʻistonning Chimkent shahrida Oʻzbekiston madaniyat kuni boʻlib oʻtdi
- Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari chegaradagi qurolli toʻqnashuvni bas qilish toʻgʻrisida bayonnoma imzolashdi. Maʼlumot uchun: 2022 yil 14 sentabr kuni Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi qurolli toʻqnashuv boshlangandi. Uni boshlashda tomonlar bir-birlarini ayblashdi. Tojikiston tomoni maʼlumotlariga koʻra, mojaro oqibati 40 nafardan ziyod respublika aholisi halok boʻlgan. Bishkek 59 nafar fuqarosi halok boʻlganini rasman maʼlum qildi.
- Ukraina qoʻshinlari HIMARS bilan Xerson markazidagi mehmonxonaga zarba berdi.
- Birlashgan Arab Amirliklarining “Flydubai” aviakompaniyasi Dubay-Namangan-Dubay yoʻnalishida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi.
- Fargʻonada “Central Asia Motors” korxonasi negizida qadar elektromobillar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.
Tavalludlar.
1935 yil – arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ahmadali Asqarov;
1939 yil – hind aktyori, kino muharriri, prodyuseri va rejissyori Feroz Xon;
1944 yil – amerikalik kinoaktyor, prodyuser, "Oskar", "Oltin globus" va boshqa mukofotlar sovrindori Maykl Duglas;
1961 yil – shoir, jurnalist va tarjimon, Doʻstlik ordeni sohibi Aziz Said;
1968 yil – amerikalik aktyor, rejissyor va xip-xop sanʼatkori Uill Smit;
1969 yil – britaniyalik va amerikalik aktrisa, Oskar, BAFTA va boshqa mukofotlar sovrindori Ketrin Zeta-Jons;
1984 yil – aktyor Farrux Soipov tavallud topgan.