platina.uz
Jamiyat

Ravshan Namozovning oʻlimi, noyob operatsiya va Sherlok Xolms

Platina.uz 24 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Ravshan Namozovning oʻlimi, noyob operatsiya va Sherlok Xolms

24 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Xalqaro sarbonlar (karvonboshi) kuni. Ushbu bayramni Eskort korabl ekipajlari, savdo sudlarining guruhlari, karvon sudlari, transport kolonnalarining ishtirokchilari nishonlaydi. Kasb bayrami transport yuk operatsiyalarini ratsionalizatsiya qilish boʻyicha Xalqaro assotsiatsiyasi tashabbusi bilan 1995 yildan oʻtkazib kelinadi. “Karvon” soʻzining maʼnosi ilgari tuyalar, otlar, eshaklarda birga sayohat qiluvchi maʼlum bir odamlar guruhi tushuniladi. Qoidaga koʻra, bunday yoʻl bilan savdogarlar bir-biriga yordam berish borasida birlashishgan. Hammaga maʼlum boʻlgan taniqli karvon yoʻli bu Buyuk ipak yoʻlidir. Bu bizning eramizgacha boʻlgan 2 asrdan beri maʼlum boʻlgan Xitoy davlatidir. Oʻrta Osiyo davlatlari bilan birlashtirgan. Keyinchalik “Karvon” transport sudlari kolonnalari, uzoq joylarga yuboriladigan yuklar ham tushunila boshladi. Suv karvonlari ham bugungi kunda keng tarqalgan.

Yaqin insonlarga yaxshi munosabatda boʻlish kuni. Ushbu kunda nafaqat yaqinlariga, balki har qanday insonlarga: qoʻshnilar, hamkasblar, doʻstlar va boshqa eʼtiborga muhtoj boʻlgan barcha-barchaga yaxshi munosabatda boʻlish, ularni ogʻirini yengil qilishga ozgina boʻlsa ham yordam berish, kattalarga hurmat, kichiklar koʻngliga qarash nazarda tutiladi.

Voqealar.

1968 yil – Svazilend shtati Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi.

1973 yil – Gvineya-Bisau Portugaliyadan mustaqilligini eʼlon qildi.

1993 yil – Jizzax shahrida yoshlar havaskorlik jamoalarining mintaqaviy “Estrada-93” festivali oʻtkazilgan.

1996 yil – Yadro sinovlarini toʻliq taqiqlash toʻgʻrisidagi shartnoma imzolash uchun ochiqligi eʼlon qilindi.

1998 yil – Lion (Fransiya)da birinchi odam qoʻlini koʻchirib oʻtkazish operatsiyasi oʻtkazildi.

1999 yil – Londonda Sherlok Xolms haykali ochilgan. Maʼlumot uchun: Sherlok Xolmsga qoʻyilgan haykallar ham anchagina. Uning ilk haykali 1988 yilda Meyrengen (Shveysariya)da paydo boʻldi, keyingisi Karuidzava (Yaponiya)da ochildi. 1991 yilda Pikardi-pleysning Edinburgida (shu yerda Konan Doyl tugʻilgan) Xolmsga bronza haykal oʻrnatildi. 1999 yilning 24 sentabrida oʻrnatilgan haykal esa Beyker-stritdagi metro bekatida ochilgan. Londonning yomgʻirli havosida uzun plash va kichik qansharli shlyapa kiygan Xolms oʻng qoʻlida trubka ushlab, uzoqqa tikilgan holda xayol surib turibdi.

Eslatib oʻtamiz: Sherlok Xolms isteʼdodli ingliz yozuvchisi Artur Konon Doyl tomonidan oʻylab topilgan adabiy qahramon hisoblanadi. Uning mashhur londonlik izquvar Sherlok Xolms sarguzashtlariga bagʻishlangan asarlari detektiv janrining klassik namunalaridan biri. Butun dunyo boʻyicha uning muxlislari paydo boʻldi. Ushbu izquvar Ginnes rekordlari kitobi boʻyicha jahonda eng mashhur kinoqahramon hisoblanadi.

2015 yil – Makka chekkasida Haj paytida tiqilinch sodir boʻldi va 2,400 kishi halok boʻlgan.

2018 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi va ularning aylanishini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

2020 yil – Oʻzbekiston Prezidentining «Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish» loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.

2021 yil – Ichki ishlar organlarining deyarli barcha boʻlinmalari elektroshoker qurilmalari bilan taʼminlandi. Ulardan yoʻl-patrul xizmatini va jamoat tartibini taʼminlash uchun maxsus ruxsatnomaga ega boʻlgan xodimlar foydalanadi.

2022 yil – Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunga bir qator oʻzgarishlar kiritish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Kiritilayotgan oʻzgarishlar harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadi.

Toshkentda “Zakovat” oʻyinining sportcha versiyasi boʻyicha tarixda ilk bor Markaziy Osiyo kubogi bahslari boshlandi.

Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent — Chirchiq — Xojikent shaharlararo tezyurar elektropoyezdlar qatnovi joriy etildi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasi 77-sessiyasi doirasida Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar oʻtkazdi. Daniya hukumati Oʻzbekistonda Faxriy konsulxona ochishga qaror qildi.

Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etilishi maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston karate WKF federatsiyasining yangi raisi etib Rashid Talipov saylandi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, xonanda va bastakor Ravshan Namozov uzoq vaqt davom etgan kasallikdan soʻng 61 yoshida vafot etdi.

Tavalludlar

1910 yil – aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti Olim Xoʻjayev;

1938 yil – taniqli adabiyotshunos olim va pedagog, filologiya fanlari dokttori Oʻtkir Shokirov;

1953 yil – Oʻzbekiston xalq ustasi Alisher Nazrullayev;

1960 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev;

1962 yil – Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid