platina.uz
Siyosat

Mirziyoyev Italiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Napolitano Italiya davlatini 2006 yilning mayidan 2015 yilning yanvarigacha boshqargan.

Mirziyoyev Italiya prezidentiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga ushbu mamlakat sobiq Prezidenti, yirik davlat va jamoat arbobi, senator Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari Italiya xalqiga hamda marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Napolitano Italiya davlatini 2006 yilning mayidan 2015 yilning yanvarigacha boshqargan. 2013 yil aprel oyida u mamlakat tarixida ikkinchi muddatga qayta saylangan respublikaning birinchi prezidenti boʻldi. Keyin u mamlakat taqdiri uchun qaygʻurib, yangi mandatga "rozi boʻlishga majbur boʻlganini" aytgandi. U Kommunistik partiyaning sobiq aʼzosi boʻlgan Italiyaning yagona rahbari boʻldi.

2018 yilning aprel oyida Napolitano aorta anevrizmasi boʻyicha operatsiyani muvaffaqiyatli oʻtkazdi. U oʻtgan yilning may oyida qorin boʻshligʻida jarrohlik amaliyoti uchun kasalxonaga yotqizilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid