Lotincha alifboning yangi tartibi eʼlon qilindi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida alifbo islohoti boʻyicha ilmiy-nazariy anjuman boʻlib oʻtdi.

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining yangi tartibi va undagi 4 ta harfning yangi shakli loyihasi eʼlon qilindi.
Aytilishicha, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida alifbo islohoti boʻyicha ilmiy-nazariy anjuman boʻlib oʻtdi.
Unda taklif sifatida ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
- O‘ o‘ harfini Õ õ
- G‘ g‘ harfini Ğ ğ
- Sh sh harfini Ş ş
- Ch ch harfini C c harfiga oʻzgartirish taklif etilmoqda.
Taklif etilayotgan yangi alifboda harflar tartibi ham oʻzgarganini koʻrish mumkin.