platina.uz
Jamiyat

Trabzon — Kavkaz, Kichik Osiyo va Mesopotamiyaga choʻzilgan shahar

Viloyatda 2500 ta oʻsimlik turi aniqlangan boʻlib, ulardan 440 tasi mintaqaga xosdir.

Trabzon — Kavkaz, Kichik Osiyo va Mesopotamiyaga choʻzilgan shahar

Oʻziga xos geografiya va iqlim jihatdan tengi yoʻq boʻlgan shahar, Kavkaz, Kichik Osiyo va Mesopotamiyagacha choʻzilgan oʻzining yaylovlari, ertaknamo vodiylari va sersuv daryolari bilan tarix va madaniyatni uygʻunlashtiruvchi ochiq osmon ostidagi tabiiy muzeyga qiyoslanadi.

Ming yillik uzoq oʻtmishi bilan Trabzon, Sharqiy Qoradengiz mintaqasining madaniy va tabiiy boylik markazidir go'yo... Qadimgi Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan shahar asrlar davomida dinlar, tillar va madaniyatlarning tutashgan joyi sifatida tanilgan. Shuningdek, afsonaviy Ipak yoʻlidagi porti tufayli tarixda muhim oʻrin tutgan. XIV asrda Marko Polo tomonidan ham ziyorat qilingan Trabzon, sayohat kitoblari va xotiralarida shaharni abadiylashtirgan Ksenofon, Avliyo Chalabiy, Falmerayer, Frunze kabi dunyoga mashhur sayohatchilar uchun ham ilhom manbai boʻlgan.

Bugungi kunda Trabzon muzeylar, monastirlar, masjidlar, maqbaralar, karvonsaroylar, hammomlar, katta bozor, shahar devorlari, fuqarolik meʼmorchiligining ajoyib namunalari va mislsiz manzaralari bilan muhim savdo va madaniyat markazi boʻlib qoldi.

Trabzon ikki ming yillik tarixi va son-sanoqsiz madaniy boyliklari bilan Turkiyaning eng mashhur shaharlaridan biridir. Qadimgi Ipak yoʻlida joylashgan shahar, shuningdek, Sharqiy Qora dengiz mintaqasida joylashgan sayyohlarning asosiy sevimli maskani hisoblanadi.

Dunyoni hayratga soladigan antik inshootlar, butun shaharning sportga boʻlgan diqqat eʼtibori, hunarmandchilik sanʼatlarining nozikligi va Trabzonga xos mahalliy taomlar shaharning yana bir qancha muhim qadriyatlaridandir.

Yashilning son-sanoqsiz tuslariga mezbonlik qilgan Trabzon, oʻsimliklar va oʻrmonlar jihatdan nihoyatda boydir. Viloyatda 2500 ta oʻsimlik turi aniqlangan boʻlib, ulardan 440 tasi mintaqaga xosdir.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid