AQSh elchisi Toshkent metrosida ishga bordi
22 sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni sanaladi.

Bugun, 22 sentabr kuni AQSh elchisi Jonatan Xenik Toshkent metrosida ishga borgan. U bugungi avtomobilsiz kunni shunday nishonlaganini aytgan.
22 sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kuni. Oʻzbekistonda bu sana 2021 yildan buyon nishonlanmoqda.
YHXX, Transport hamda Ekologiya vazirliklari shu kuni aholini shaxsiy avtomobil oʻrniga jamoat transporti, velosipeddan foydalanish yoki piyoda yurishni tanlashga chaqirgan.