platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Tashrifning soʻnggi kunida ham bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerikaga tashrifi yakunlandi va u Toshkentga qaytib keldi. Tashrifning soʻnggi kunida ham bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Xususan, Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuvda Oʻzbekistonda ayollar va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Boston Consulting Group kompaniyasi raisi Rich Lesser va Markaziy Osiyo va Kaspiy mintaqasi boʻyicha rahbari Rza Nuriyev bilan sunʼiy intellekt salohiyatidan foydalangan holda Bilimlar iqtisodiyotiga oʻtish boʻyicha uzoq muddatli kompleks strategiyani, sanoatni rivojlantirish dasturini hamda Oʻzbekiston energetika sohasini rivojlantirish “master rejasi”ni birgalikda ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Mirziyoyev Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Duganni qabul qildi. Uchrashuvda bank-moliya sohasini rivojlantirish, fond bozoridagi qimmatli qogʻozlar jozibadorligi va likvidligini oshirish uchun samarali vositalarni joriy etish, mamlakatimiz kapital bozoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuvda esa xususiylashtirish va samarali davlat boshqaruvi sohalarida bankning ekspertlik va texnik koʻmagini kengaytirish, karbonsizlashtirish, muqobil energetika, infratuzilma va kommunikatsiyalar, suv taʼminoti boʻyicha loyihalarni moliyalashtirish va ularga xususiy investitsiyalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilish hamda Transafgʻon temir yoʻlini qurish kabi strategik tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Pokiston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar ul-Haq Kakar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat hududlari oʻrtasida samarali hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi koʻrsatib oʻtildi. Toʻqimachilik, farmatsevtika, elektrotexnika va turizm sohalarida qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ham koʻrib chiqildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid