platina.uz
Jamiyat

Qibray hokimiyatidagi "tozalash" ishlari tugadi

Tuman hokimligida ishlab kelayotgan 19 nafar rahbar ishdan olindi.

Qibray hokimiyatidagi "tozalash" ishlari tugadi

Qibray tumani hokimligidagi maʼnaviy muhit, ijro apparati faoliyatini tubdan yaxshilash maqsadida boshlangan kadrlar bilan ishlashning “Qibray tajribasi” tugadi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga koʻra, tuman hokimligi, korxona va tashkilotlardagi 64 nafar rahbar xodimlardan 47 nafari lavozimidan ozod etilib, ularning oʻrniga yosh, salohiyatli kadrlar tayinlandi. 17 nafar rahbar kadrlar tuman hokimining kafolati asosida sinov muddati bilan lavozimida qoldirildi.

Tuman hokimligida ishlab kelayotgan 19 nafar rahbar ishdan olinib, 10 nafari ish joyida sinov muddati bilan qoldirildi. Lavozimga tayinlanganlarning 25 nafari 25-35 yoshgacha boʻlgan kadrlar ekani aytiladi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid