platina.uz
Jamiyat

Poytaxt bosh elektrchisi sessiyalarda qatnashmayotgani maʼlum boʻldi

U elektr taʼminoti yuzasidan 6 oylik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha hisobot berishi kerak edi.

Poytaxt bosh elektrchisi sessiyalarda qatnashmayotgani maʼlum boʻldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali bosh direktori Shuhrat Poʻlatov xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyalarida qatnashmayapti. Bunga Telegramdagi Media24uz kanali eʼtibor qaratgan.

Aytilishicha, Poʻlatov poytaxtda elektr taʼminoti yuzasidan 6 oylik va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha hisobot berishi kerak edi. U qatnashmagani sababli kengashning 3 ta sessiyasida hisobot berish ortga surib kelinmoqda.

2023 yil 27 iyul. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali bosh direktori Sh.Poʻlatov “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali tomonidan 2023 yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va 2023 yil yakuniga qadar belgilangan rejalar toʻgʻrisidagi hisobotida qatnashmagani sababli mazkur masala navbatdagi sessiya muhokamasiga qoldirilgan.

2023 yil 25 avgust. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar hududiy filiali bosh direktori Sh.Poʻlatov xalq deputatlari Toshkent shaxar Kengashining 86 va 87-sessiyalarida hisobot topshirishda ishtirok etmagani sababli navbatdagi kengash sessiyalarida shaxsan ishtiroki taʼminlanishi aytilgan.

2023 yil 20 sentabr. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” korxonasi AJ bosh direktori Sh.Poʻlatov Toshkent shahrida kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotida qatnashmagani sababli mazkur masala navbatdagi sessiya muhokamasiga qoldirilgan.

Shuhrat Poʻlatov shu yil iyunda ushbu lavozimga tayinlangandi. Ungacha Mirobod tumani hokimi boʻlib ishlagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid