Myunxendagi drama: YeChL 1-tur oʻyinlari yakunlandi
Dastlabki tur Barselona, Arsenal, PSJ, Manchester Siti uchun ancha omadli boʻldi.

Yevropa chempionlar ligasining 1-tur oʻyinlari yakunlandi. Dastlabki tur Barselona, Arsenal, PSJ, Manchester Siti uchun ancha omadli boʻldi.
Milan - Nyukasl oʻyinida hisob ochilmagan boʻlsa, Latsio - Atletiko uchrashuvida mezbonlar darvozaboni kiritgan gol ularni magʻlubiyatdan qutqarib qoldi — 1:1. Galatasaroy - Kopengagen oʻyinida ham jangovar durang qayd etildi — 2:2.
Myunxenda esa Bavariya va Manchester Yunayted oʻyinida muxlislar 7 ta gol koʻrishdi. Oʻyin 4:3 hisobida mezbonlar gʻalabasi bilan yakunlangan boʻlsa-da, futbolchilar haqiqiy drama namoyish etishdi va intrigani soʻnggi soniyalargacha ushlab turishdi.
YeChL, guruh bosqichi, 1-tur natijalari
Latsio - Atletiko 1:1
Feyenoord - Seltik 2:0
Milan - Nyukasl 0:0
PSJ - Borussiya D. 2:0
Yang Boyz - Leypsig 1:3
Manchester Siti - Srvena Zvezda 3:1
Barselona - Antverpen 5:0
Shaxtyor - Portu 1:3
Galatasaroy - Kopengagen 2:2
Bavariya - Manchester Yunayted 4:3
Arsenal - PSV 4:0
Sevilya - Lans 1:1
Real Madrid - Union Berlin 1:0
Braga - Napoli 1:2
Real Sosedad - Inter 1:1
Benfika - Zalsburg 0:2