platina.uz
Jamiyat

DXX 150 ming dollarga yer sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi

U  yerni kadastrdagi tanishlari yordamida rasmiylashtirish uchun yana 9 ming dollar soʻragan. 

DXX 150 ming dollarga yer sotayotgan shaxsni qoʻlga oldi

Samarqandda 150 ming dollar evaziga yer sotayotgan shaxs voqea joyida qoʻlga olindi.

Aytilishicha, Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro issiqxona qurmoqchi boʻlgan shaxsga davlat zaxirasida boʻlgan 1 gektar yer maydonini 150 ming AQSh dollari evaziga mansabdor tanishlari orqali olib berishini aytgan. Ushbu shaxs 9 ming AQSh dollari evaziga ushbu yerni kadastrdagi tanishlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga jami 159 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida dalillar bilan ushlandi.

Bundan tashqari Paxtachi tumanida yashovchi shaxs oʻzining onasiga tegishli boʻlgan fermer xoʻjaligining 10,45 gektar yer maydonini tadbirkorga 900 mln soʻmga sotishga kelishib, oldindan 13 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shoʻrchi tumanidagi fermer xoʻjaligi ishchisi, muqaddam sudlangan shaxs mazkur xoʻjalikning 50 sotix yer maydonini xaridorga 45 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, 40 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Asaka tumanida yashovchi shaxs fermer xoʻjaligiga tegishli 24 sotix yerni xaridorga 22,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid