platina.uz
Jamiyat

Rasmiylar Kattaqoʻrgʻondagi "ogʻir hududlar" muammolarini oʻrganmoqda

Ichki yoʻllar, elektr tarmoqlar va bandlik asosiy masala sanaladi. 

Rasmiylar Kattaqoʻrgʻondagi "ogʻir hududlar" muammolarini oʻrganmoqda

Prezident topshirigʻiga asosan joylarda “Obod koʻcha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha ishlar Samarqand viloyatida ham olib borildi, viloyatdagi "ogʻir hududlar" oʻrganildi.

Dasturga Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Chuyanchi”, Ishtixon tumanidagi “Chagʻatoy”, Pastdargʻom tumanidagi “Oltiqahramon” hamda Oqdaryo tumanidagi “Yangiqoʻrgʻon” mahallalari kiritilgan.

Ushbu hududlar aholisini oʻylantirib kelayotgan muammolarga oʻz vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʻrganishlar olib bormoqda.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 7 sentabr sanasidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahallalardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida 13 kilometrdan ziyod ichki yoʻllar asfaltlandi, eski yogʻoch elektr ustunlar 60 ta yangi temir - beton ustunlarga almashtirildi, 2 kilometrga yaqin yangi elektr sim tarmoqlari tortildi, 2 dona yangi transformator punkti oʻrnatildi. Tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida, 2 kilometrga yaqin gaz quvurlari joriy va kapital taʼmirlandi.

Fuqarolar murojaati asosida hududlarga 600 dan ziyod qoʻshimcha suyultirilgan gaz balonlari almashtirib berildi. Hududlardagi barcha qabristonlarda obodonlashtirish ishlari, mavjud daraxtlarga shakl berilib, devorlari oqlash va qabrlar atrofini tozash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari qish mavsumi oldidan 2 mingdan ziyod xonadonda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, isitish pechkalari (koʻmir, oʻtin va suyultirilgan gazga moslashtirilgan pech va plitalar)ni mavsumga tayyorgarlik holati toʻliq oʻrganilib, moʻrilari tozalandi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

Aholi salomatligini himoya qilish maqsadida 3 ming nafarga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va uning natijasida viloyat va tuman sogʻliqni saqlash muassasalarida davolanishga ehtiyoji bor 213 nafar fuqaro davolanish uchun bepul yoʻllanma bilan taʼminlandi. Shu bilan birga 30 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Oʻrganishlar davomida aniqlangan 100 ga yaqin ishsiz fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, kam taʼminlangan fuqarolarga xonadon taʼmiri uchun qurilish materiallari bepul yetkazib berildi hamda boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarning xonadonlarini taʼmirlash ishlari boshlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu dastur doirasida Andijon viloyatida ham katta ishlar boshlangani xabar qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid