platina.uz
Iqtisod

Qirgʻiz deputati un narxlari oshishiga Oʻzbekiston sababchi ekanini aytdi

Soʻnggi haftada Oʻzbekistonda ham un narxlari anchagina koʻtarilgan. 

Qirgʻiz deputati un narxlari oshishiga Oʻzbekiston sababchi ekanini aytdi

Qirgʻiziston Jogorku Keneshi deputati Jusupbek Korgonbay oʻgʻli mamlakatda un narxi Oʻzbekistonga eksport qilinayotgani tufayli koʻtarilayotganini aytdi.

“Non 35-40 somga qimmatlashdi. Nega buni nazorat qilmaysiz? Un masalasi bayroq va gerbdan muhimroq. Oʻzbekistonga un eksport qilinadi. Omborlar boʻsh. Bu masala bilan ham shugʻullaning”, dedi u Davlat ramzlarini tayyorlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini koʻrib chiqayotgan qoʻmita yigʻilishida.

Monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmati raisi oʻrinbosari Oybek Mamiraliyev bunga javoban import qilinadigan tovarlar narxi oshganini aytdi. Bundan tashqari, uning soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston unini yetkazib berish talab darajasida emas.

“Biz qishloq xoʻjaligi davlatimiz. Nega oʻzimizni non bilan taʼminlay olmaymiz? Bizning yerlarimiz yoʻqmi? – deya eʼtiroz bildirgan Jusupbek Korgonbay oʻgʻli. U Qirgʻizistonni un bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqishni taklif qilgan.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi gʻalla hosilining kamayishi fonida eksportga cheklovlar kiritgan. Bu esa qoʻshni davlatlarda narxlar oshishiga sabab boʻldi.

2022 yilda Qozogʻistondan bugʻdoy eksporti 6,3 million tonnaga yetdi. Asosiy isteʼmolchi Oʻzbekiston boʻlib qolmoqda: 3 million tonna. Kuchli uchlikdan Tojikiston va Turkmaniston ham joy oldi.

Taʼkidlash joizki, soʻnggi haftada Oʻzbekistonda un narxi sezilarli miqdorda koʻtarildi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi mazkur tendensiya yuzasidan izoh ham berib chiqdi. Unga koʻra, Oʻzbekistonda 8 mln tonna atrofida bugʻdoy yetishtirilayotganini, talab esa taklifdan 4,4 foiz ortiqni tashkil etayotganini bildirildi.

Shuningdek, Qozogʻiston tomoni un tegirmonlarida mavsumiy texnik koʻrik va sanitar tozalash ishlari uchun korxonalarini 15 kunga yopishi haqidagi eʼlon ham mazkur segmentda narx beqarorligini keltirib chiqaruvchi omillardan biri boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid