Oʻzbekiston futzal termasiga ispaniyalik murabbiy tayinlandi
59 yoshli mutaxassis Ispaniya futzal termasini 11 yil boshqargan (2007-2018).

Xose Venansio Lopes Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ispaniyalik mutaxassis terma jamoani 2024 yil Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.
59 yoshli mutaxassis Ispaniya futzal termasini 11 yil boshqargan (2007-2018). Bu davrda Ispaniyani 4 karra Yevropa chempioniga aylantirgan.