platina.uz
Jamiyat

Nurmagomedov va Rustam Azimov, "Sardoba" suv ombori boʻyicha hukm

Platina.uz 20 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Nurmagomedov va Rustam Azimov, "Sardoba" suv ombori boʻyicha hukm

20 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar

Voqealar.

1946 yil – birinchi Kann kinofestivali ochilgan.

1979 yil – yuqori energiyali nurlanishni qayd etish uchun orbitaga astronomik rasadxona chiqarildi.

1990 yil - Janubiy Osetiya Gruziyadan ajralib chiqqanini eʼlon qildi. Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi.

1991 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilgan.

1992 yil – referendumda Fransiya fuqarolarining aksariyati mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishini qoʻllab-quvvatladi.

1993 yil – Ozarbayjon Milliy Assambleyasi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlishga qaror qildi.

1994 yil – Ozarbayjon poytaxti Bokuda “Asr shartnomasi” nomli bitim imzolangan. “Asr shartnomasi”da jahonning 8 mamlakati (Ozarbayjon, Turkiya, AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Rossiya hamda Saudiya Arabistoni) dan 13 ta kompaniya qatnashdi.

1996 yil – Afrosiyob shahar xarobasida qazish ishlarini olib borgan fransuz arxeologlari topilmalari koʻrgazmalari ochildi. Maʼlumot uchun: Afrosiyob — Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat 17-asrdan boshlab uchraydi.

2000 yil – Tayvan rasmiylari CIH ("CIH") kompyuter virusi yaratuvchisi, muallifning bosh harflari bilan atalgan 25 yoshli Cheng Yin-Xaoni hibsga oldi. Virus xalq orasida "Chernobil" nomi bilan tanilgan, chunki uning versiyalaridan biri 26 aprelda, yaʼni AES avariyasining bir yilligi sanasida faollashtirilgan.

2011 yil – Amerika huquq-tartibot idoralarida "soʻrama, aytma" siyosati tugadi.

2021 yil – koronavirus pandemiyasi sabab Oʻzbekistonda cheklangan madaniy tadbirlarga ruxsat berildi. 20 sentabrdan boshlab Oʻzbekistonda tomosha, madaniy-koʻngilochar, ommaviy tadbirlar va yigʻilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda oʻtkazish boshlandi.

Toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazilishiga ruxsat berildi.

Qoraqalpogʻistondagi YTHda toʻrt kishi, jumladan «Xalq soʻzi» gazetasi muxbiri 36 yoshli Said Maxsumov vafot etdi.

2022 yil – Toshkent xalqaro aeroportida MIB boʻlimi tashkil etildi. Boʻlimda yoʻlovchilar xorijga chiqishini cheklaydigan qarz bor yoki yoʻqligini tekshirtirishi mumkin. Qarz toʻlangandan soʻng, MIB xodimi taqiqni olib tashlaydi.

2022 yil – Oʻzbekiston va Tojikiston prezidentlari tojik-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi.

  • Oʻzbekiston hukumatining “Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi.
  • Sardoba suv omborini loyihalashtirish va qurilishiga masʼul boʻlgan 29 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi. Ularning 3 nafari 5 yildan 10 yilgacha qamaldi, qolgan 26 nafari esa jarimaga tortildi. Ularga shuningdek, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash taqiqlandi. Maʼlumot uchun: 2020 yil 1 may kuni soat 05:55. «Sardoba» suv ombori yorilib, aholi zudlik bilan evakuatsiya qilina boshlangan. Texnogen ofat oqibatida 6 kishi vafot etgan, 70 mingga yaqin fuqaro yashash joyini tark etgan, minglab uylar vayronaga aylandi.

Toshkent viloyati Parkent tumani «Xoʻja» mahallasida yashovchi fuqarolardan birining hovlisida zanglagan mis tangalari topildi. Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi va Madaniy meros agentligi vakillari hamda mahalla raisi, mahalla profilaktika noziri, uy egalari va arxeolog guvohligida tangalar sanoqdan oʻtkazildi. Ularning soni 939 ta ekanligi aniqlanib, oʻrganish va davlatga topshirish uchun olindi.

Tavalludlar.

1919 yil – Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, shaxsan 5 ta eshelonni portlatgan, qoʻl jangida 76 nafar nemis askarini yoʻq qilgan, bir nafar nemis generalini asirga olgan Mamadali Topivoldiyev;

1920 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Mannaf Mirzamahmudov;

1934 yil – mashhur aktrisa Sofi Loren tavallud topgan. 1999 yilda Sofi Loren Amerika kino sanʼati instituti tomonidan tuzilgan kinematografiya tarixidan eng buyuk 25 aktrisa qatoriga kiritildi.

1958 yil – "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi Rustam Azimov;

1959 yil – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rahmatjon Qurbonov;

1973 yil – Matematik-amaliyotchi olima Mohiniso Xidirova;

1985 yil – oʻzbekistonlik olim, biologiya fanlari doktori, professor Behzod Sirojidinov;

1988 yil – aralash yakkakurash boʻyicha rossiyalik jangchi, engil vaznda UFC chempioni (2018) Xabib Nurmagomedov tavallud topgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid