platina.uz
Jamiyat

Buxoroda imtiyozli kreditni "yeb yuborgan" hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Viloyat prokuraturasi hodisa tafsilotlarini ochiqladi. 

Buxoroda imtiyozli kreditni "yeb yuborgan" hokim yordamchisi qamoqqa olindi

Buxoroda 163 mln soʻm imtiyozli kreditni oʻzlashtirib yuborgan hokim yordamchisi qamoqqa olindi. Bu haqda Buxoro viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Buxoro shahri “Abu Ali ibn Sino” MFY hokim yordamchisi prezidentining “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777 sonli qarori bilan berilgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratishdagi maxsus vakolatdan mansab mavqeyini suiisteʼmol qilib, kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan.

Xususan, u “Abu Ali ibn Sino” MFY hududida yashamaydigan va faoliyat koʻrsatmaydigan M.H., J.A., N.Gʻ., M.A. va A.M. nomiga mototransport vositasi hamda ichimlik suvini qayta ishlash apparatini sotib olish uchun 33 mln soʻmdan, jami 163 mln soʻmlik imtiyozli kredit ajratib, ularni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoqqa olishtarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid