Qashqadaryo hokimiga hayfsan berilgan kun
Platina.uz 19 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butun jahon tozalik kuni! Bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi. Gʻoya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar.
Xalqaro sharbatlar kuni. Mutaxassislarning fikricha, kundalik toʻgʻri ovqatlanishda sharbatlar isteʼmol qilish kerakli oziqalar bilan tananing sogʻlom boʻlishga imkon beradi.
Voqealar
- 1648 yil – Fransuz olimi Blez Paskal atmosfera bosimining mavjudligini isbotladi.
- 1864 yil – Qoʻshma Shtatlarda avtomobillar uchun yotadigan oʻrindiqlar patentlangan.
- 1893 yil – Yangi Zelandiya ayollarga saylovlarda ovoz berish huquqini bergan birinchi davlat boʻldi.
- 1952 yil – Qoʻshma Shtatlarda aktyor Charli Chaplin kommunistik hamdardlikda ayblandi.
- 1958 yil – Elvis Presli Germaniyaga harbiy xizmatga ketdi.
- 1982 yil – Skott Fahlman onlayn muloqotda his-tuygʻularni ifodalash usuli sifatida kulgichlar (smaylik)dan foydalanishni taklif qildi.
- 1983 yil – Sent-Kitts va Nevis Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
- 2006 yil – Tailandda 2006 yil 19 sentabr oqshomida davlat toʻntarishi sodir boʻldi. Bu 1932 yildan beri mamlakat tarixidagi 12-toʻntarish boʻldi. Toʻntarishga boshchilik qilgan armiya boshligʻi general Sonthi Boonyaratglin mamlakatga telemurojaatida davlat toʻntarishi Tailandni birlashtirish uchun zarur ekanligini aytdi. Shu bilan birga, uning harbiylar hokimiyatda qolish niyatida emasligini ham qoʻshimcha qilgan.
- 2017 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq soʻzladi.
- 2022 yil – Toshkent shahrining 2023−2027 yillarga moʻljallangan koʻkalamzorlashtirish bosh rejasi tasdiqlandi.
- 2022 yil – Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki va tashqi turizm salohiyatini oshirishda ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovga hayfsan berdi.
- Yelizaveta II Londondagi Vindzor qasridagi Avliyo Jorj ibodatxonasidagi qabristonga dafn qilindi.
- Qirgʻiziston prezidenti qirgʻiz-tojik cheragasidagi toʻqnashuvlar ortidan xalqqa murojaat yoʻlladi. Maʼlumot uchun: 2022 yil 14 sentabr kuni ertalab soat 7 larda Vorux qishlogʻi yaqinida Tojikiston va Qirgʻiziston chegarachilari oʻrtasida otishma sodir boʻlgan.
- Shifokorlarga qoʻshimcha ustama toʻlanadigan olis hududlar roʻyxati tasdiqlandi.
Tavalludlar
- 1972 yil – oʻzbek davlat arbobi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Muxtar Ibragimov;
- 1976 yil – oʻzbekistonlik davlat arbobi, sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov;
- 1993 yil – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Temurbek Poyonov tavallud topgan.