platina.uz
Jamiyat

Fayzullo Mullajonovning oʻgʻli yangi lavozimga tayinlandi

U avval prokuratura tizimining quyi boʻgʻinlarida ham ishlagan. 

Fayzullo Mullajonovning oʻgʻli yangi lavozimga tayinlandi

Bosh prokurorning buyrugʻi bilan adliya katta maslahatchisi Abdukahhor Fayzulloyevich Mullajanov Toshkent viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Abduqahhor Mullajanov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Abduqahhor Mullajanov 1976 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirda yuridik universitet) tamomlagan.

U 1991-2017 yillarda (oʻlimiga qadar) Markaziy bankni boshqargan Fayzullo Mullajonovning farzandi sanaladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid