Andijondagi mahallada katta ishlar boshlandi

Viloyatga borgan prezident maslahatchisi boqimandalik mavzusiga ham toʻxtaldi. 

Jamiyat
19-sentabr 2023 yil
Andijondagi mahallada katta ishlar boshlandi

Prezident topshirigʻiga asosan olib borilayotgan “Obod koʻcha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha keng koʻlamdagi amaliy ishlar Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qutluq” MFYda ham boshlab yuborildi.

Aholini oʻylantirib kelayotgan muammolarga oʻz vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib oʻrganishlar olib bormoqda.

Xususan, mahalladigi 43-sonli umumtaʼlim maktabi holati koʻzdan kechirildi. Qayta taʼmirdan soʻng foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan mazkur oʻquv dargohida boshlangan ish jarayoni, kelgusida amalga oshiriladigan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shunindek, mahalla yigʻini infratuzulmasi, aholining toifalari boʻyicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha oʻrganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Prezident maslahatchisi maktab  faoliyati, oʻqituvchilarning saviyasi,  ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq muammolarga toʻxtaldi. Chunki ushbu oʻquv dargohidan oliy taʼlimga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning soni oz ekanini bevosita muallimlar bilimiga, tajribasigi bogʻliq boʻlishiga eʼtibor qaratdi.

Prezident maslahatchisi axolining toza ichimlik suviga boʻlgan talabini qondirish, ayniqsa, obodonchilik ishlariga alohida yondashuv kerakligini taʼkidladi. Davlat xalq manfaati uchun amaliy ishlarni qiladi, ammo  ayrim mahalllarda  baʼzi bir fuqarolarning “davlat, hokimiyat qilib beradi” degan boqimanda kayfiyati hamon borligi, mana shu odat tusiga kirib qolgan illatga oʻrganib qolish  holatlari  hamon  yashovchanligini aytib oʻtdi.

Obodlikka har bir xonadon egasi oʻzi, ota-onalar, xonadon kattalari, avvalo, farzandlarini oʻrgatishi kerak, koʻnikma hosil qilsin. Birga yashayotgan oila, xonadan aʼzolari yashash joylarini, birinchi navbatda, maishiy nuqtalarni ozoda va pokiza saqlashga, mavjud tomorqalardan unumli foydalanishga odatlanishi, erishmogʻi shart.

Ayniqsa, tomorqa xoʻjaliklari oilaga qoʻr, qoʻshimcha daromad keltiradigan manbasi, ulardan samarali foydalanishni qatʼiy yoʻlga qoʻyish kerak boʻladi.

Mahalla hududidagi 195 nafar mehnat migratlarini qaytarish choralarini tezlashtirish kerak, hududdagi tikuvchilik bilan shugʻullanadigan tadbirkorlar ishini takomillashtirish, aholi maʼlumotlarini raqamlashtirish va maʼlumotlar bazasini yaratish borasidagi ishlar, mahalla “beshligi”ni kuchaytirish  maqsadga  muvoffiqdir.

Qabristonlarni  obod  saqlash,  kuz va qishki ariq tozalash ishlarini boshlash zarurligini taʼkidladi, mahalla koʻchalari va suv yoʻllari ahvoli bilan qiziqdi.

“Qutlugʻ” mahalla fuqarolar yigʻini Navo koʻchasidagi maktab hovlisida boʻlib oʻtgan uchrashuv va suhbatda Prezident maslaxatchisi viloyat va tuman hokimligi, viloyat va tuman prokratura, ichki ishlar, taʼlim tizimi mutasaddi raxbarlari, Respublika ishchi guruhi aʼzolari bilan yuqoridagi kabi oʻnlab  dolzarb  mavzularda  soʻz  yuritdi. Mahalla oqsoqollari va aholi vakillari bilan suhbat oʻtkazdi.

-Ushbu dastur ijrosi bilan katta amaliy ishlar qilinadi. Respublika ishchi guruxi shugʻullanmoqda. Biz viloyat boʻyicha ushbu dasturga tushgan hududlarda tashkil etilayotgan amaliy ishlarni oʻrganib borish bilan birga yordam ham  beramiz. – deydi ishchi guruh aʼzosi Yangiboy Mahammadiyev.

Tuman hokimi Hikmatillo Latipov ham dasturga tushgan hudud aholi vakillari bilan shu joyda uchrashdi.

- Suv muammosi bor edi. Kelgusida suv sigʻimi katta boʻlgan yangi suvxona quyiladi. –dedi xokim qishloq otaxon va onaxonlariga. – Shu hudud sektor rahbari, viloyat prokurori ham kelib, “nima qilsak suv yaxshi boʻladi” deb savol berdi. Nasos yangilanadi. Tumanga olinadigan  17 ta suv nasosning bittasi shu yerga qoʻyiladi.

Bu yerdagi kichik  transfarmator 100 likka almashtiriladi.

-Endi masalaning ikkinchi tomoni ham bor, - dedi tuman rahbari. –Qars  ham ikki tomondan chiqadi. Sizlar yashayotgan koʻchalarda shuncha amaliy ishlar boʻlyapti, lekin aholining  bunga javobi qanday? Ular oʻzlari yashab turgan hovli joylarga, obodonchilik ishlariga, yaxshi, ozoda turmush madaniyatiga erishish borasidagi ishlarga qanday xissa qoʻshyapti, bunga munosabati va ishtiroki qanday boʻlyapti?

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+