2 kishi katta pulga Oʻzbekistonga viza olib bermoqchi boʻldi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ikki fuqaro B.K. va A.N. xorijiy davlat fuqarosi A.S.ning (qaysi davlat ekani ochiqlanmagan) ishonchiga kirib, tanishi A.H. va oila aʼzolariga Oʻzbekistonga kirish vizasini olib bermoqchi boʻlgan.
Holat boʻyicha Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Ular tanishlari yordamida 12 000 dollar evaziga viza rasmiylashtirib berishni vaʼda qilishib, oldindan 6 000 dollar olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.