platina.uz
Jamiyat

Yashnobodda yana uy-joy mojarosi: Bosh prokuratura bayonot berdi

9 ta xonadondan iborat uch qavatli uylar naq 39 nafar fuqaroga pullangani aytilgan. 

Yashnobodda yana uy-joy mojarosi: Bosh prokuratura bayonot berdi

OAVda Toshkentda qurilish kompaniyasi shaharning Yashnobod tumanidagi yangi qurilayotgan 9 ta xonadondan iborat uch qavatli uylarini 39 nafar fuqaroga pullagani boʻyicha xabar berildi. Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan bayonot eʼlon qildi.

Aytilishicha, Yashnobod tumanidagi uy-joy bilan bogʻliq firibgarlik sodir qilingani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazildi.

Aniqlanishicha, "Z.G." MChJ rahbari A.A. xonadon sotib olish istagini bildirgan 23 nafar fuqarolar bilan soxta oldi-sotdi shartnomalari tuzib, fuqarolarning jami 4 mlrd. soʻmdan ortiq pul mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, qurilishni tugatmasdan, xonadonlarni fuqarolarga rasmiylashtirib bermasdan, oʻzganing juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlarini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun ichki ishlar organiga yuborildi, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, aynan Yashnobod tumanida boshqa bir holatda uyga toʻlov qilib, chuv tushgan fuqarolar bosh vazir bilan uchrashgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid