platina.uz
Jamiyat

Oltin qoʻshilgan taomni yeyish halol emas — Fatvo markazi

Ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin isteʼmol qilishni tavsiya qilgan boʻlishi mumkin.

Oltin qoʻshilgan taomni yeyish halol emas — Fatvo markazi

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan oltin qoʻshilgan taom yeyishning islom dinidagi hukmi boʻyicha maʼlumot berdi.

Markaz maʼlumotiga koʻra, "oltinni oʻzini yeyish yoki uni biror taomga qoʻshib tanovul qilish dinimizda durust emas".

Aytilishicha, "oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni yeydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish sharʼiy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan".

Ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin isteʼmol qilishni tavsiya qilgan boʻlishi mumkin. Bu zaruratda boshqa dori qolmagani uchun “harom bilan davolanish” bobidan boʻlib, alohida mavzu hisoblanadi. Lekin odatdagi holatda tilla va kumushni taomga qoʻshib yeyish halol emas.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qoʻqon shahridagi choyxonalardan birida oltin qoʻshilgan palov tayyorlanayotgani, uning bir kilogrammi 3500 dollar atrofida boʻlishi haqida maʼlumotlar tarqalgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid