platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSh-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun bugun Nyu-York shahriga yetib borgan.

Aeroportda oliy martabali mehmonni Nyu-York shahri meri Erik Adams, AQSh-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Tashrif dasturiga koʻra, 19 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambleyasi yalpi sessiyasining umumiy munozaralarida nutq soʻzlaydi.

Shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchilari sammiti, xorijiy davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQShning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham boʻlib oʻtadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid