platina.uz
Iqtisod

Paxta terimi boshlanib boʻlgach, uning narxlari haqida xabar berildi

Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi sentabr oyining ikkinchi yarmida maʼlum qildi.

Paxta terimi boshlanib boʻlgach, uning narxlari haqida xabar berildi

Paxta xomashyosining narxi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq belgilanadi, deb xabar beryapti Qishloq xoʻjaligi vazirligi sentabr oyining ikkinchi yarmida.

Yaʼni har bir hududda oʻsha hududdagi yerning holati, paxta yetishtirishga yoʻnaltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bevosita oluvchi va sotuvchi tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida narx belgilanadi.

Bu holatda joylardagi klaster va fermerlar bozorga qarab, oʻzaro kelishib, terilgan 1 kilo paxta uchun erkin narx qoʻyishadi. Ayrim xabarlarga koʻra, hozir 1 kilo paxta uchun 1500 soʻm miqdorida haq toʻlanyapti. Oʻtgan yili ham shu narx belgilangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid