platina.uz
Madaniyat

Adabiyotshunos olim Naim Karimov vafot etdi

Olim oʻnlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi sanaladi. 

Adabiyotshunos olim Naim Karimov vafot etdi

Akademik, adabiyotshunos olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Naim Karimov vafot etdi.

Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

Naim Karimov 1932 yili tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ni bitirgandan beri Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida xizmat qilgan. Olim oʻnlab kitoblar, yuzlab maqolalar muallifi. Beruniy mukofoti laureati, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi.

Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish yoʻlidagi xizmati uchun “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor boʻlgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid