platina.uz
Iqtisod

“Tashabbusli byudjet” gʻoliblari eʼlon qilindi

Maʼlumotlarga koʻra, ikkinchi mavsumda jami 1182 dona loyiha gʻolib deb topilgan.

“Tashabbusli byudjet” gʻoliblari eʼlon qilindi

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil 2-mavsumi yakunlandi. Bugun, 16 sentabr kuni loyiha gʻoliblari eʼlon qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, ikkinchi mavsumda jami 1182 dona loyiha gʻolib deb topilgan. (Umumiy ovozga qoʻyilgan loyihalar soni 49 mingdan oshib ketadi) Gʻolib loyihalarga ajratiladigan jami summa 1 trln. 308 mlrd. 645 million soʻmdan oshiqni tashkil etadi.

Birinchi oʻrindagi loyiha 22 120 dona ovoz olishga muvaffaq boʻlgan. Jami 1007 ta mahalla loyihada gʻolib chiqqan.

Eslatib oʻtamiz, ikkinchi mavsumga ovoz berish joriy yil 27 avgustdan 16 sentabrgacha davom etdi.

Birinchi mavsum natijalari joriy yil aprel oyida eʼlon qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid