platina.uz
Jamiyat

Shvarseneggerning qarori, Rayhonning tavalludi va Meksikada urush

Platina.uz 16 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Shvarseneggerning qarori, Rayhonning tavalludi va Meksikada urush

16 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.

Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni. 1987 yilda Yerning ozon qatlamini himoya qilish boʻyicha Monreal protokoli imzolandi. 1994 yilda BMT 16 sentabrni Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni deb eʼlon qildi.

Voqealar.

1810 yil – Meksika Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi va ozodlik urushini boshladi.

1908-yil — General Motors kompaniyasiga Uilyam Dyurant asos soldi.

1959 yil – Fransiya prezidenti Sharl de Goll Jazoir aholisini Fransiyadan mustaqillik boʻyicha referendum oʻtkazishga taklif qildi.

  • Birinchi tijorat nusxa koʻchirish mashinasi Xerox 914 AQShda ommaga taqdim etildi.

1963 yil – Malayziya davlati tashkil topdi (Malaya, Singapur, Britaniya Shimoliy Borneo va Saravakdan).

1975 yil – Papua - Yangi Gvineya Avstraliyadan mustaqilligini eʼlon qildi.

  • Kabo-Verde, Mozambik va San-Tome va Prinsipi BMTga aʼzo boʻldi.

1976 yil – Shavarsh Karapetyan Yerevan suv omboriga koʻprikdan toʻlib toshgan trolleybus qulashi oqibatida 20 kishini 10 metr chuqurlikdan qutqarib qoldi. Shavarsh Karapetyan suvga shoʻngʻish boʻyicha sovet sportchisi, oʻn bir karra jahon rekordchisi, oʻn uch karra Yevropa chempioni, SSSR kubogining oʻn besh karra gʻolibi, yetti karra SSSR chempioni, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Rossiya shoʻngʻin assotsiatsiyasining faxriy prezidentidir.

1983 yil – aktyor Arnold Shvarsenegger Amerika fuqaroligini oldi.

2016 yil – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 71-sessiyasining yalpi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlis Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan bir daqiqalik sukut bilan boshlandi.

2021 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-5245-son qarori imzolandi. Qarorga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 2021 yil 28 may kuni Minsk shahrida boʻlib oʻtgan MDH ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan MDH ishtirokchi-davlatlari aholisi bandligiga koʻmaklashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida Bitim tasdiqlandi.

Oʻzbekistonda Yevropa harakatlanish haftaligi-2021 start oldi.

Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaxo daraxtlarni kesib tashlagani yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 1,9 mlrd soʻm etib baholandi.

2022 yil – Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turistik majmuasi Kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boʻldi.

Tavalludlar.

1945 yil – yozuvchi-yumorist, suhbatdosh rassom va teleboshlovchi, Rossiya xalq artisti Evgeniy Petrosyan;

1956 yil – amerikalik sehrgar va illyuzionist Devid Kopperfild (haqiqiy ismi Devid Set Kotkin);

1978 yil – oʻzbek qoʻshiqchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Rayhon Gʻaniyeva;

1993 yil – oʻzbek para-sportchisi, suzuvchi, 2018-yilgi Paralimpiya oʻyinlarining uch karra chempioni, 2019 yilda uch karra jahon chempioni, Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori Islom Aslanov tavallud topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid