platina.uz
Sport

Milan derbisi, Manchester klublari, Real va Barsa uchun sinov: yevrofutbol anonsi

Bu hafta dam olish kunlari bizni qiziqarli futbol uchrashuvlari kutib turibdi.

Milan derbisi, Manchester klublari, Real va Barsa uchun sinov: yevrofutbol anonsi

Yevropada milliy chempionatlar yana yoʻlida davom etadi. Oʻtgan hafta futbolchilar terma jamoaga qaytib, Yevropa chempionati saralashida qatnashib keldi.

Bu hafta dam olish kunlari bizni qiziqarli futbol uchrashuvlari kutib turibdi. Italiya A seriyasidan boshlasak. Musobaqa jadvalida bir xil ochko bilan peshqadam boʻlib turgan Milanning 2 klubi — Inter va Milan oʻzaro toʻqnash keladi.

4-tur doirasidagi oʻyin bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. Shuningdek, yana bir qiziq toʻqnashuv — Yuventus va Latsio oʻyini ham bor (soat 18:00da). Eldor Shomurodov oʻynayotgan Kalyari esa ertaga oʻz uyida Udinezeni qabul qiladi.

Ispaniya primerasida ham vaziyat keskinlashmoqda. Bugun yarim kechasi Barselona oʻz uyida Betisni qabul qiladi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi bahs doim keskin oʻtgan. Qolaversa, agar mehmonlar gʻalaba qozonsa, ochkolar soni boʻyicha kataloniyaliklarga yetib oladi.

Shuningdek, peshqadam Real Madrid klubi ertaga oʻz maydonida Real Sosedadni qabul qiladi. Qirollik klubi uchun bu ancha noqulay raqib, chunki aynan ular oʻtgan yili Realdan 4 ochko tortib olishgan.

Angliya premer ligasida ham bir qator qiziqarli oʻyinlar bor. Masalan, Manchester klublari uchun 5-tur oʻziga xos sinov boʻladi. Bugun Manchester Siti Londonga safar qiladi va Vest Xem mehmoni boʻladi. Moyes shogirdlari yetakchini toʻxtatishga urinib koʻradi.

Manchester Yunayted esa Braytonni qabul qiladi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyin ham keskinligi bilan ajralib turadi. Agar mehmonlar gʻalaba qozonsa, ochkolari sonini 12 taga yetkazadi, agar MYu yutsa, ular bilan tenglashib oladi.

Bundan tashqari, Vulverxempton - Liverpul, Everton - Arsenal, Bornmut - Chelsi kabi oʻyinlar ham turni bezab berishi kutilyapti.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid