Markaziy bank tadbirkorlarga qoʻyilgan valyuta cheklovini bekor qildi
Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov matbuot anjumanida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Platina.uz muxbiri.

Markaziy bankning eʼtirozlarga sabab boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼektlar valyuta operatsiyalarini faqat asosiy hisobvaragʻi ochilgan bankda amalga oshira olishi boʻyicha talabi bekor qilindi.
Bu haqda bugun Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov matbuot anjumanida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Platina.uz muxbiri.
Cheklovga koʻra, tadbirkorlar xorijiy valyuta sotib olish uchun bankning tegishli tuzilmasidan ijobiy xulosa olishi, banklar esa yangi talablarni bajarmagan taqdirda valyuta birjasidagi ishtiroki cheklab qoʻyilishi haqida ogohlantirilishi belgilangandi.