Xitoy mudofaa vaziri "koʻzdan gʻoyib boʻldi"
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoy sobiq tashqi ishlar vaziri Sin Gan bir oy davomida ommaga koʻrinish bermagan va yakunda isteʼfoga chiqqandi.

Ikki hafta davomida omma oldiga koʻrinish bermayotgan Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfuning birdaniga Vetnam harbiy idoralari rahbarlari bilan uchrashuvi ham bekor qilindi. Bu haqda Reuters agentligi vaziyatdan xabardor boʻlgan uch nafar mansabdor shaxsga tayanib xabar berdi.
Materialda aytilishicha, 7-8 sentabr kunlari Xitoy vazirligi rahbari Xanoy vakillari bilan uchrashuvda ishtirok yetishi kerak edi. Vetnam hukumati har yili oʻz chegarasida ikki tomonlama xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishga bagʻishlangan ushbu tadbirni tashkil qiladi.
Biroq agentlik maʼlumotlariga koʻra, uchrashuvni keyinga qoldirishga toʻgʻri kelgan. Uchrashuvdan bir necha kun oldin Pekin Li Shanfuning ahvoli yomonlashgani haqida xabar berdi.
"Lining safarining toʻsatdan bekor qilinishi Xitoyning sobiq tashqi ishlar vaziri Sin Gangning tushunarsiz isteʼfosi ortidan sodir boʻldi, u ham uzoq vaqtdan beri omma oldida koʻrinmagandi", deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, agentlikning qayd etishicha, ayni paytda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi elita raketa kuchlari rahbariyatida kadrlar oʻzgarishi sodir boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Xitoy sobiq tashqi ishlar vaziri Sin Gan bir oy davomida ommaga koʻrinish bermagan va yakunda isteʼfoga chiqqandi. Uning oʻrniga Van I lavozimga tayinlangan.