Samarqandda odamlar fast-fuddan zaharlandi
Hozirda mazkur holat Sanepidqoʻmita tomonidan toʻliq nazoratga olinib, surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Samarqandda odamlar ovqatdan zaharlandi. Shu sabab Pastdargʻom tumanidagi fast-fud sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Merals” MChJ faoliyatiga chek qoʻyildi, deya xabar bermoqda Sanepidqoʻmita matbuot xizmati.
Joriy yilning 13 sentabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga koʻngil aynishi, qayt qilishi va boshqa ogʻriqlar bilan murojaat qilishgan.
Holat oʻrganilganda ushbu fuqarolar Pastdargʻom tumanidagi “Merals” MChJdan fast-fud isteʼmol qilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat Sanepidqoʻmita tomonidan toʻliq nazoratga olinib, surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
13-14 sentabr kuni Angren shahridagi uchta bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlangani xabar berilgandi.