platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank avtokredit boʻyicha cheklov yoʻqligini maʼlum qildi

Soʻnggi yillarda banklar ajratgan kreditlar tarkibida avtokreditlar ulushi keskin ortgan va natijada konsentratsiya tavakkalchigi vujudga kelgan

Markaziy bank avtokredit boʻyicha cheklov yoʻqligini maʼlum qildi

Markaziy bank banklar tomonidan avtokreditlar ajratilishini taqiqlamaydi va taklif etilayotgan foiz stavkalari oshishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Markaziy bank 12 sentabr kuni oʻtkazilgan yigʻilishda banklarning kredit portfelida konsentratsiya tavakkalchiligi holati yuzasidan qaror qabul qilgan.

Soʻnggi yillarda banklar ajratgan kreditlar tarkibida avtokreditlar ulushi keskin ortgan va natijada konsentratsiya tavakkalchigi vujudga kelgan. Bu esa mazkur yoʻnalishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan moliyaviy yoʻqotishlar banklar barqarorligiga taʼsirini oshirgan.

Shu munosabat bilan omonatchilar va kreditorlar manfaatlari himoya qilinishi, ehtimoliy tavakkalchiliklarning banklar barqarorligiga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida Markaziy bank bank nazorati qoʻmitasi qarori bilan tijorat banklariga kredit portfelining diversifikatsiya qilinishini taʼminlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Bunda banklar “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, aktivlari boʻyicha yoʻqotishlarga oid tavakkalchilikni kamaytirish maqsadida oʻz aktivlarining diversifikatsiya qilinishini taʼminlashi kerakligi belgilandi.

Shuningdek, Markaziy bank banklar faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi tavakkalchiliklarni aniqlaganda, ularning barqarorligini sezilarli darajada yomonlashtiruvchi tavakkalchiliklarga sabab boʻladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ayrim cheklovlar qoʻllanilishi mumkin.

Regulyatorga koʻra, barcha banklarda avtokreditlar ajratish imkoniyatlari bor.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid