Markaziy Osiyo jurnalistlari feyk xabarlarga qarshi kurashmoqchi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo OAVlari assotsiatsiyasini tashkil etishni taklif qildi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Markaziy Osiyo OAVlari assotsiatsiyasini tashkil etishni taklif qildi.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalari orqali koʻplab soxta maʼlumotlar tarqalmoqda. Imomali Rahmon Dushanbeda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvida bu haqda gapirgan.
“Soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoga ommaviy axborot vositalarining qiziqishi keskin oshganini kuzatdik.OAV maydoni mintaqadagi vaziyat haqida turli, baʼzan qarama-qarshi va buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan toʻlib ketgan. Yolgʻonga emas, real faktlarga asoslangan chinakam doʻstlik va hamkorlik axborot muhitini yaratish kerak”, dedi u.
Rahmon Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholining yarmidan koʻpini yoshlar tashkil etishini eslatdi. Uning fikricha, yosh avlod salbiy hodisalarga qarshi turishni oʻrganishi va xavfsizroq va adolatli umumiy makonni yaratishga hissa qoʻshishi kerak.
Eslatib oʻtamiz, 14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining sammiti boʻlib oʻtmoqda.
Avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari alohida iqtisodiy kengash tuzishi mumkinligi xabar qilingandi.