platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Uchrashuvda strategik sheriklik va ittifoqchilik masalalari ham muhokama qilingan. 

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bu borada qoʻshma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar, deyiladi xabarda.

Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham koʻrib chiqildi.​​​​​​​

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid