platina.uz
Jamiyat

41 ming kishi Oʻzbekistonga davolanish maqsadida keldi

Eng koʻp sayyohlar qarindoshlarini yoʻqlash maqsadida kelgan. 

41 ming kishi Oʻzbekistonga davolanish maqsadida keldi

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-avgust oylarida 4,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Shulardan 41 ming kishi davolanish maqsadida respublikaga kelgan.

2023 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

— qarindoshlarni yoʻqlash – 3,7 mln kishi

— dam olish – 467 ming kishi

— xizmat yuzasidan – 87 ming kishi

— davolanish – 41 ming kishi

— tijorat – 37 ming kishi

— oʻqish maqsadida – 7,1 ming kishi.

Oʻzbekistonga yanvar-iyul oylarida eng koʻp turistik maqsadda tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari:

▪️Tojikiston – 1 151,4 ming nafar

▪️Qirgʻiziston – 912,8 ming nafar

▪️Qozogʻiston – 879 ming nafar

▪️Rossiya – 417,4 ming nafar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid