platina.uz
Jamiyat

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Shahardan topilgan sopol topilmalarga koʻra, turar-joy tarixi miloddan avvalgi 4500 yilga toʻgʻri keladi.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Moʻʼtadil iqlim sharoiti va unumdor yerlari bilan “madaniyatlar vodiysi” deb atalgan Buyuk Menderes havzasi tarixning har bir davrida jadal madaniy taraqqiyotga guvoh boʻlgan. Aydinning bu madaniy jarayonda muhim oʻrni bor. Shahardan topilgan sopol topilmalarga koʻra, turar-joy tarixi miloddan avvalgi 4500 yilga toʻgʻri keladi. Aydin haqidagi ilk tarixiy maʼlumotlar Xet manbalarida uchraydi.

Aydin zamonaviy shahar boʻlish bilan bir vaqtda, madaniy va tabiiy boyliklari bilan ochiq osmon ostidagi muzeyga qiyoslanadi. Oʻzining joylashuvi tufayli tarix davomida koʻplab sivilizatsiyalarni oʻz ichiga olgan va oʻtmishdan hozirgi kungacha qadimgi davr izlarini koʻrishingiz mumkin boʻlgan muhim turizm shaharlaridan biridir. Ajoyib tabiati va dengizi madaniy va arxeologik qadriyatlar bilan uygʻunlashgan Aydin, Egey mintaqasida koʻrish kerak boʻlgan noyob turizm shaharlaridan biri sanaladi.

Kushadasi

Nomi portning kiraverishidagi Guverjin (kabutar) orolidan olingan tuman, Turkiyaning muhim turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Aydindan 71 km uzoqlikda joylashgan shahar Efes, Bibi Maryam, Milet, Didim, Pamukkale, Marmaris va Bodrum kabi muhim turistik manzillarning markazida joylashgan. U oʻzining kema porti, koʻplab sohillari, tabiat bilan oʻralgan lager hududlari va koʻngilochar maskanlari bilan rang-barang va jonli dam olish tajribasini taklif etadi.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Kushadasi

Guverjinada qalʼasi

Kushadasiga oʻz nomini bergan Guverjin orolidagi qalʼa tabiiy tepalik ustiga tosh va gʻisht mahsulotlaridan qurilgan boʻlib, portni himoya qiluvchi Kushadasi koʻrfazining yonginasida joylashgan. Tarixning mashhur sayohatchilaridan biri Avliyo Chalabiy 1671 yili Kushadasiga safar qilgan va oʻzining «Sayohatnoma» kitobida har yili 100 ming qush kelib, Guverjinada qalʼasini ziyorat qilganini va buning sehrlangan orol ekanligini yozgan.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqidaGuverjinada Qalʼasi

Afrodiziyalar

YuNESKOning jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan bu qadimiy shahar, birinchi Rim imperatori Avgust "Onadoʻlidagi eng sevimli shahrim" deya taʼrif bergan shahardir. Marmar konlariga yaqinligi tufayli deyarli butun shahar marmardan qurilgan hamda shahar haykaltaroshlik ishlab chiqarish markazi va maktabiga aylangan. Tabiat bilan uygʻunlikda qurilgan shahar markazida jamoat binolari, Afrodita ibodatxonasi, hovuzli agora, teatr va bugungi kunda ham foydalanish mumkin boʻlgan 35 000 kishilik yaxshi saqlanib qolgan stadioni bilan sayyohlarni arxeologik «ziyofat» ga taqdim etadi.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Afrodiziyalar

Alabanda qadimiy shahar

Alabanda nomi kariya tilidagi Ala (ot) va banda (poyga) maʼnosini bildiruvchi soʻzlardan olingan deb taxmin qilinadi. Vizantiya tarixchisi Stefanosning yozishicha, Qirol Karning oʻgʻli Alabandos ot poygasida gʻolib chiqqani uchun shahar Alabanda nomini olgan.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Alabanda qadimiy shahri.

Shaffof suvli “Moviy bayroq”li sohillar

Dengiz turizmi uch fasl davomida qizgʻin boʻlgan, 148 km uzunlikdagi qirgʻoq chizigʻi, moviy dengiz va tengsiz koʻrfazlarga ega boʻlgan Aydin, Kushadasi va Didim tumanlarida moviy bayroqli sertifikatlangan sohillari bilan ajralib turadi. Aydinning Pigale, Guzelchamli, Yavansu va Aslanburnu sohillari, Kadinlar denizi, Sevgi, Guverjinada, Altınkum, Akbuk va Tavshanburnu sohili kabi jami 35 ta “Moviy bayroqli” sohillari mavjud boʻlib, ular mahalliy va xorijiy sayyohlarning eʼtiborini tortib kelmoqda.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Moviy Bayroqli sohillar

Arpaz qalʼasi

Nazilli tumanida joylashgan qalʼa 18-asr Usmonli davri inshootidir. Ayrim manbalarda bu joyning nomi Arpaz minorasi sifatida ham tilga olingan. U 19-asrning boshlarida Akchaygacha boʻlgan ekin maydonlarini oʻz ichiga olgan yirik fermer xoʻjaligining egalari Arpaz Beylar tomonidan qurilgan. Biroq, 17-18-asrlarga oid Usmonli davri xarobalari mavjudligi binoning avvalroq qurilganligini va keyinchalik taʼmirlanganligini koʻrsatadi. Arpaz qalʼasi oʻzining beklar saroyi, qoʻriqlash minorasi, ombori, otxonalari va yordamchi binolari bilan kichik qasrni eslatadi.

Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasidagi noyob turistik maskan Aydin haqida

Arpaz qalʼasi

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid