platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston zaxira aktivlari qariyb bir milliard dollarga kamaydi

Bu raqam yil boshida 35 milliard 767 million dollarni tashkil etgandi.

Oʻzbekiston zaxira aktivlari qariyb bir milliard dollarga kamaydi

Oʻzbekistonning rasmiy oltin zaxira aktivlari avgust oyida 958 million dollarga kamayib, 1 sentabr holatiga koʻra, 32 milliard 690 million dollarni tashkil etmoqda.

Bu raqam yil boshida 35 milliard 767 million dollarni tashkil etgandi. Avgust oyida bu miqdor 33 milliard 690 million dollar boʻlgan.

Bu haqda Markaziy bank taqdim etgan maʼlumotda aytilgan.

Zaxiralar ketma-ket beshinchi oy kamaymoqda — mayda rasmiy zaxira aktivlari 837,9 million dollarga, iyunda — 649 million dollar, avgustda esa 71,8 million dollarga kamaygandi.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatdagi oltin zaxirasi 410 million dollarga koʻpayib, 23 milliard 430 million dollarni tashkil etmoqda. Qimmatbaho metallning hajmi ham 0,3 million troy unsiyaga (9,33 tonna) koʻpayib, 12,1 million troy unsiyasini (taxminan 376,31 tonna) tashkil etdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid