Misli koʻrilmagan jazirama, Jahon shokolad kuni
Platina.uz 13 sentabr sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

13 sentabr sanasi bilan bogʻliq xabarlar.
Xalqaro birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kuni. Xalqaro birinchi tibbiy yordam koʻrsatishda, insonlarni hayotini saqlab qolishda tibbiy yordam hal qiluvchi omillardandir. Hozirda butun dunyoda 13 sentabrda ushbu bayramni nishonlaydilar.
Jahon shokolad kuni. Har yili 13 sentabr kuni turli mamlakatlarda dunyodagi eng muhim delikatesga bagʻishlangan Xalqaro shokolad kuni nishonlanadi. Bayram Amerikaning birinchi shokolad kompaniyasi Hersheyʼs asoschisi tugʻilgan kunini nishonlaydi. 1901 yilda qandolatchi shokolad ishlab chiqaradigan zavodga asos soldi, u oʻsha paytda Amerikada kamdan-kam taʼm boʻlgan va Yevropadan mamlakatga olib kelingan.
Voqealar.
1902 yil – Buyuk Britaniyada birinchi marta jinoyat joyidan barmoq izlari ayblanuvchining aybdorligini isbotlovchi dalil sifatida ishlatilgan.
1922 yil – Yer yuzasida maksimal havo harorati boʻyicha jahon rekordi qayd etildi. Al-Aziziyada (hozirgi Liviya hududida) soyada termometr +57,7 °C gacha koʻtarildi.
1929 yil – ingliz bakteriologi Aleksandr Fleming birinchi marta ommaga oʻzining kashfiyoti - penitsillinni taqdim etdi.
1960 yil – bionikaning tugʻilgan kuni (birinchi simpozium AQShda boʻlib oʻtdi). Bionika bu – tirik tabiatning tashkil qilish tamoyillari, xususiyatlari, funksiyalari va tuzilmalarini, yaʼni tabiatdagi tirik mavjudotlarning shakllari va ularning sanoat analoglarini texnik qurilmalar va tizimlarda qoʻllash haqidagi amaliy fan.
1968 yil – Albaniya Varshava Shartnomasi Tashkilotini rasman tark etdi (aslida u 1961 yilda chiqib ketgan).
1989 yil – Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti taʼsis etilgan.
- Yunus Rajabiyning uy-muzeyi tashkil etilgan. Muzeyda 6000 mingga yaqin eksponat saqlanadi, shulardan 847 tasi muzey ekspozitsiyalarida koʻrsatilgan.
1991 yil – AQSh prezidenti Jorj Bush SSSRdan kelgan muhojirlar uchun uylar qurish uchun Isroilga 10 milliard dollar ajratishdan bosh tortdi.
1993 yil – Yasir Arafat va Ishoq Rabin oʻrtasida Falastin maʼmuriyatini tan olish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
2007 yil – Mahalliy xalqlar huquqlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi.
2008 yil – Dehlida bir qator teraktlar sodir etildi. Hindiston poytaxti Dehlining turli joylarida bir necha daqiqa ichida sodir boʻlgan beshta sinxron portlashlar boʻldi. Portlashlar natijasida kamida 30 kishi halok boʻldi va kamida yuz kishi jarohatlandi.
2010 yil – Mirzo Ulugʻbek haykali va muzeyi ochildi.
2022 yil – Oʻzbekistonda Yagona portal (YaIDXP) orqali avtomobilni boshqarish uchun elektron ruxsatnoma berish boshlandi.
- Oliy Majlis Senatining oʻttiz ikkinchi yalpi majlisida senatorlar «Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida»gi qonunni rad etdi.
- Toshkent aeroporti hududida auksion orqali gʻolib deb topilgan Bobur Diyor kompaniyasi taksi xizmatini yoʻlga qoʻydi.
Tavalludlar
1978 yil – xonanda Hilola Hamidova tavallud topgan.




