platina.uz
Siyosat

Mirziyoyev Tojikiston va AQShga boradi

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mirziyoyev Tojikiston va AQShga boradi

Oʻzbekiston prezidenti Tojikiston va AQShga boradi. Jumladan, Shavkat Mirziyoyev 14-15 sentabr kunlari Dushanbe shahrida boʻladi.

Bu yerda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvi hamda Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi sammiti boʻlib oʻtadi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, keyingi haftada Oʻzbekiston prezidenti AQShga joʻnab ketadi. Sh.Mirziyoyev Nyu-York shahrida BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq soʻzlaydi hamda "S5+1" formatidagi AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvida ishtirok etadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid