platina.uz
Jahon

Liviyada halokatli toshqinlar: kamida 5 ming kishi halok boʻlgani aytilmoqda

Asosiy qurbonlar va vayronagarchiliklar mamlakat sharqidagi Derna port shahrida sodir boʻldi – u yerdagi ikkita toʻgʻon suv bosimi ostida yorilib ketdi.

Liviyada halokatli toshqinlar: kamida 5 ming kishi halok boʻlgani aytilmoqda

Liviyada halokatli suv toshqini natijasida, rasmiylarning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, kamida 5 ming kishi halok boʻlgani aytilmoqda.

Mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda sharqiy Liviya hukumati ichki ishlar vaziriga koʻra, kamida 5300 kishi halok boʻlgan.

Boshqa manbalar esa bu raqamni hali tasdiqlamagan, biroq minglab qurbonlar borligi aniq.

Asosiy qurbonlar va vayronagarchiliklar mamlakat sharqidagi Derna port shahrida sodir boʻldi – u yerdagi ikkita toʻgʻon suv bosimi ostida yorilib ketdi.

Liviya sharqini nazorat qiluvchi maʼmuriyat sogʻliqni saqlash vaziri avvalroq 3000 dan ortiq odam halok boʻlgani tasdiqlanganini aytdi.

"Yoʻqolganlar soni minglab, halok boʻlganlar soni esa 10 mingga yetishi kutilmoqda", dedi mahalliy rasmiy Usmon Abdel Jalil Al-Massar telekanaliga.

Dernada butun boshli mahallalar suv ostida qoldi.Minglab odamlar bedarak yoʻqolgan.

"Derna shahridagi vaziyat tobora fojiali boʻlib bormoqda, qurbonlar soni boʻyicha yakuniy statistik maʼlumotlar yoʻq", deydi Usmon Abdel Jalil. "Koʻp hududlarga hali kirish imkoni yoʻq."

Eslatib oʻtamiz, 2011 yil Muammar Kaddafiy hokimiyatdan agʻdarilgach, Liviya ikki maʼmuriyatga ajralib ketgan. Hozircha na tan olingan, na tan olinmagan maʼmuriyat halokatli toshqinlar borasida aytarli ish qilganicha yoʻq.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid