Super-kontrakt boʻyicha muhim yangilik eʼlon qilindi
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas.

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi.
Unga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yoʻq), unda oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.
Bu istisno 2, 3 yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birichi yoʻnalishga qilishi mumkin.
Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.
