Qonunchilikka zid "goʻzallik"ka qarshi chaqiriq (fotofakt)

Shaharning eʼtiborli restorani, kiyim doʻkonlari, mehmonxonalari hududida eʼtiborni jalb qilish va yoki qoʻshtirnoq ichidagi goʻzallik uchun daraxtlarga zarar  yetkazishmoqda.

Jamiyat
12-sentabr 2023 yil
Qonunchilikka zid "goʻzallik"ka qarshi chaqiriq (fotofakt)

Toshkent goʻzal shahar. Ayniqsa, kech tushgach, chiroqlar uning chiroyiga chiroy qoʻshadi. Goʻzallik yaxshiku-ya, ammo bu chiroy hech qanday tartib-qonun buzmasa, zarar yetkazmasa... Boshkentimizning deyarli yarim qismini chiroqlari daraxtlarga ilingan, vaholanki, bu qonunchiligimizda taqiqlangan. (81-sonli PF Prezident farmoni).

Bunday qonunbuzarlikni istalgan viloyatdan Toshkent shaharga kirib kelayotgan barcha koʻrgan boʻlishi shubhasiz.

Foto: "Platina.uz" / Fazilat Mirzaahmadova

Poytaxt markazlari-chi?

Amir Temur xiyoboni atrofi, Chingiz Aytmatov koʻchasi... Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin, ammo bittalab sanab chiqishga hojat yoʻq.

Chunki qayerdaki shaharning eʼtiborli restorani, kiyim doʻkonlari, mehmonxonalari hududida eʼtiborni jalb qilish va yoki qoʻshtirnoq ichidagi goʻzallik uchun daraxtlarga zarar  yetkazishmoqda.

Xoʻsh, biz bu “goʻzallik”ga  nufuzli joyligi uchun koʻz yumamizmi? Yoki masʼullarning koʻzi bunday “goʻzallik”dan  qamashyabdimikin?

Qonun ulovliga, ham ulovsizga ham birdek emasmi?

Bunaqa elektr chiroqlarini har qadamda topishimiz mumkin. ENG achinarlisi ushbu ilingan birovlar sabab quriyotgan daraxtlar sabab “changimiz" koʻpayyapti, xolos.

Xoʻjakoʻrsin uchun qilingan va qilinayotgan soxta goʻzalliklar badali nafaqat daraxtlarning yashab qolishiga, balki oʻzimizning sogʻliqqa ham beziyon boʻlmasligini qachon tushunamiz?

Nahotki qonunchilikka zid bu "goʻzallik"ni ekologiya masʼullar va yoki boshqa nazorat organlari koʻrmayotgan boʻlsa?

Fazilat Soib

telegram
telegram

Telegramda kuzatib boring!

Platina
© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+